Birinchi savdo
Bu sahifa kassadagi oddiy savdoni boshidan oxirigacha ko‘rsatadi: mijoz buyurtma beradi, kassir taomlarni tanlaydi, pulni oladi va chek beradi. Savdodan oldin kassaga PIN bilan kirib, smenani ochgan bo‘lishingiz kerak.
1. Taomlarni tanlang
“1. Taomlarni tanlang” bo‘limiChapda bo‘limlar turadi: “Ko‘p sotilganlar”, “Hammasi” va menyudagi kategoriyalar. Taomni tez topish uchun tepadagi “Qidirish” ga nomini yozing. Taom kartasini bosing — u o‘ngdagi savatga tushadi.

Qo‘shimchasi bor taom. Taomni bosganda oyna chiqadi: kerakli qo‘shimchalarni belgilang (masalan, pishloq yoki ketchup) va “Savatga · …” ni bosing. Qo‘shimcha narxi taom narxiga qo‘shiladi.

O‘lchamli taom. Bir nechta o‘lchami bor taom (masalan, Coca-Cola 0,5 L va 1 L) bitta kartada turadi: unda “2 o‘lcham” va eng arzon narxi “… dan” yoziladi. Bosganda “O‘lchamni tanlang” oynasida kerakli o‘lchamni bosing.

2. Savatni tekshiring
“2. Savatni tekshiring” bo‘limiO‘ngdagi savatda tanlangan taomlar, soni va narxi turadi:
- + — yana bitta qo‘shish;
- savat belgisi yoki − — kamaytirish yoki olib tashlash;
- “Tozalash” — butun savatni bo‘shatish;
- “Chegirma” — chegirma berish (huquqi bor xodimga).
Restoraningizda bir nechta buyurtma turi yoqilgan bo‘lsa, savat tepasida tanlaysiz: “Olib ketish” yoki “Zalda”. Zalda buyurtmada stol tanlanadi va to‘lovni keyinroq olish uchun “Saqlash” tugmasi chiqadi.
Telefonda savat pastdagi “Savat · … ta” tugmasi orqali ochiladi.

3. Pulni oling
“3. Pulni oling” bo‘limi“To‘lash · …” ni bosing. “To‘lov” oynasida to‘lov turini tanlang: “Naqd”, “Karta”, “Click”, “Payme”, “Uzum” yoki “O‘tkazma”. Kassada qaysi turlar chiqishini ega sozlamalarda tanlaydi.
Naqd to‘lov. “Mijozdan olingan pul” ga mijoz bergan summani yozing yoki pastdagi tez tugmalardan birini bosing (masalan, “50 000”). ONE POS “Qaytim” ni o‘zi hisoblaydi. “To‘lovni tasdiqlash” ni bosing.

Bo‘lib to‘lash (masalan, bir qismi naqd, qolgani karta):
- Birinchi to‘lov turini tanlang va o‘sha qismning summasini yozing.
- “Qismini qabul qilish” ni bosing. Tepada “Qolgan summa” ko‘rinadi.
- Ikkinchi to‘lov turini tanlang. “Summa” ni bo‘sh qoldirsangiz, qolgan summa olinadi.
- “To‘lovni tasdiqlash” ni bosing.

4. Chek va keyingi buyurtma
“4. Chek va keyingi buyurtma” bo‘limi“To‘lov qabul qilindi” oynasida buyurtma raqami (masalan, #12), summa va qaytim turadi. Chek kerak bo‘lsa — “Chek”, keyingi mijoz uchun — “Yangi buyurtma”.

Restoraningizda oshxona ekrani bo‘lsa, buyurtma oshxonaga tushadi. Taom tayyor bo‘lganda kassaning yuqori qatorida “Tayyor:” yonida buyurtma raqami chiqadi. Mijozga berganingizda o‘sha raqamni bosing — buyurtma “berildi” bo‘ladi.
Bo‘lmasa nima qilish kerak
“Bo‘lmasa nima qilish kerak” bo‘limi- “To‘lash” tugmasi bosilmaydi. Savat bo‘sh yoki sizda savdo huquqi yo‘q. Taom qo‘shing; huquq bo‘yicha egaga murojaat qiling.
- Taom kartasida “Narx yo‘q”. Taomga narx qo‘yilmagan — u sotilmaydi. Ega panelda “Menyu” da narxni yozsin.
- Taom kartasida “Tugadi”. Taom “tugadi” deb belgilangan. Qayta sotish uchun “Boshqa amallar” (⋯) → “Tugadi belgisi” da uni qaytaring (huquqi bor xodim).
- “Narxlar o‘zgargan — menyu yangilandi, summani tekshiring.” Ega shu orada narxni o‘zgartirgan. Pul hali olinmagan: yangi summani mijozga ayting va qayta “To‘lash” ni bosing.
- Yuqorida “Internet bor” o‘rniga “Internetsiz” yozilgan. Sotishda davom eting — kassa internetsiz ham ishlaydi. Savdolar kassada saqlanadi va internet qaytganda o‘zi yuboriladi (yonida “… kutmoqda” deb yoziladi). Internet qaytguncha brauzer tarixini va ma’lumotlarini tozalamang — yuborilmagan savdolar shu yerda turadi.
- Chek chiqmadi. “Boshqa amallar” (⋯) → “Printer” ga qarang: “Printer — aloqa yo‘q” yozilgan bo‘lsa, printer kabeli va quvvatini tekshirib, qayta ulang. Printer ulanmagan bo‘lsa, “Chek” tugmasi oddiy chop etish oynasini ochadi.
- Xato buyurtma o‘tib ketdi. Yuqoridagi “Buyurtmalar” da buyurtmani oching: huquqi bor xodim “Bekor qilish” yoki “Pul qaytarish” ni bosadi va sababini yozadi. Bu amallar jurnalga yoziladi.