PIN, parol va bloklanish
Ulangan qurilmada har bir xodim o‘z PIN kodi bilan kiradi. Shu sababli har bir savdo, bekor qilish yoki kirim kim qilganini jurnalda ko‘rasiz. Ega va boshqaruvga kiradigan xodimlar PIN’dan keyin shaxsiy parol ham kiritadi: PIN’ni yonidagi odam ko‘rib qolishi mumkin, parol esa faqat o‘zida bo‘ladi.
PIN bilan kirish
“PIN bilan kirish” bo‘limi- Qurilmada “PIN kodni kiriting” oynasi turadi.
- PIN kodingizni yozing. PIN 4 yoki 6 raqam bo‘ladi — uzunligi xodim roliga bog‘liq.
- PIN to‘liq yozilganda u o‘zi tekshiriladi. 6 raqamli PIN’da 4-raqamdan keyin “Davom eting yoki ✓ ni bosing” chiqishi mumkin — qolgan raqamlarni yozing.

Ishni tugatib, joyni boshqa xodimga bo‘shatayotganda qurilmani qulflang: kassada yuqori o‘ng burchakdagi ismingizni bosing, panelda — “Qulflash”.
Shaxsiy parol
“Shaxsiy parol” bo‘limiPIN’dan keyin “Parolingizni kiriting” oynasi chiqadi, agar:
- siz ega bo‘lsangiz — ega uchun parol har doim kerak;
- rolingizda “PIN’dan keyin shaxsiy parol majburiy” belgilangan bo‘lsa (masalan, menejer).
Birinchi kirishda “Shaxsiy parol o‘rnating” oynasi chiqadi: kamida 6 belgili parolni ikki marta yozib, “Saqlash va kirish” ni bosing. Boshqa xodimlar uchun parol ixtiyoriy.
Parolni almashtirish: panelda chap pastdagi “Parolim”, kassada “Boshqa amallar” (⋯) → “Mening parolim”.

Bloklanish
“Bloklanish” bo‘limiKimdir PIN yoki parolni topishga urinsa, ONE POS kirishni vaqtincha yopadi:
| Nima xato kiritildi | Qachon bloklanadi | Qancha vaqtga | Kim ochadi |
|---|---|---|---|
| PIN | 15 daqiqada 5 marta xato | qurilma 5 daqiqaga; takrorlansa 15 daqiqa, keyin 1 soat | vaqt o‘tgach o‘zi ochiladi |
| Shaxsiy parol | 3 marta xato | shu xodim 60 daqiqaga | oddiy xodimni — ega; egani — ONE POS yordami |
| Restoran logini | 15 daqiqada 5 marta xato | 15 daqiqaga | vaqt o‘tgach o‘zi ochiladi |
PIN bloklanganda ekranda “Ko‘p marta xato — bir oz kuting.” chiqadi. Parol xato bo‘lsa, nechta urinish qolgani yoziladi: “Yana 2 ta urinish qoldi, keyin 60 daqiqa blok.”
PIN yoki parol unutilsa
“PIN yoki parol unutilsa” bo‘limiXodim PIN kodini unutdi. Ega yoki menejer “Xodimlar” bo‘limida xodim qatori yonidagi ⋯ ni bosadi → “PIN almashtirish”. Yangi PIN ko‘rsatiladi — uni xodimga ayting. Eski PIN shu zahoti ishlamay qoladi.
Xodim parolini unutdi yoki parol bloklandi. Xuddi shu menyuda:
- “Blokni ochish” — bloklangan xodim qayta kira oladi;
- “Parolni tozalash” — eski parol o‘chadi. Rolda parol majburiy bo‘lsa, xodim keyingi kirishda yangisini o‘rnatadi.

Ega PIN kodini yoki parolini unutdi. ONE POS yordamiga yozing: @Onepos_yordambot. PIN oynasining pastida ham “PIN yoki parol bilan muammo? ONE POS yordamiga yozing” havolasi bor.
Bo‘lmasa nima qilish kerak
“Bo‘lmasa nima qilish kerak” bo‘limi- “PIN noto‘g‘ri”. Raqamlarni sekin qayta yozing. Yangi xodim bo‘lsangiz, egadan PIN to‘g‘riligini so‘rang — ega uni “Xodimlar” da almashtira oladi.
- “PIN noto‘g‘ri yoki bu xodim shu qurilmada hali online kirmagan”. Internet yo‘q. Internetsiz faqat shu qurilmada avval internet bilan kamida bir marta kirgan xodimlar kira oladi. Internet qaytishini kuting yoki shu qurilmada oldin kirgan xodim savdo qilsin.
- “Bu xodimga shu qurilmada ishlashga ruxsat yo‘q”. Xodimning roli bu turdagi qurilmaga ruxsat etilmagan. Ega “Sozlamalar” → “Kim nima qila oladi” da rolni ochib, “Qaysi qurilmalarga kira oladi” ni belgilaydi. Ega qurilmasida (ega telefonida) faqat ega sotadi.
- “Bu PIN band — boshqasini tanlang.” Yangi PIN boshqa xodimnikiga to‘g‘ri keldi yoki boshqa xodimning 6 raqamli PIN’i shu 4 raqam bilan boshlanadi. “Boshqa PIN” ni bosing.
- Yangi qo‘shilgan xodim kira olmayapti. PIN oynasi ochilganda xodimlar ro‘yxati yangilanadi. Oynani yopib-ochish uchun qurilmani bir marta qulflang va qayta urining. Internet borligini tekshiring.